Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlandi
16.03.2021 20:51,  
238

Andijon davlat universitetining Axborot-resurs markazi (ARM) hamda obodonlashtirish xodimlarining 6 nafarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar hamda talabalar orasida muassasaning professor-o‘qituvchilari, talabalari va boshqa xodimlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani, natijada Axborot resurs markazi karantinga olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 16 mart holati bo‘yicha universitetning 6 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Biroq talabalar orasida kasallanish holatlari kuzatilmagan.

«Kasallik tarqalib ketishining oldini olish uchun ARM viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik xizmati tomonidan nazoratga olindi. Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan barcha fuqarolar 14 kunlik karantinga olindi. Ularga universitet hisobidan dorilar jamlanmasi taqdim etildi. Karantin qoidalari kuchaytirilib, hududga tibbiyot niqobisiz kirish, qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi. Kirayotganda har bir kishining tana haroratini o‘lchash va qayd qilib borish yo‘lga qo‘yildi. Dars jarayonlarida masofa saqlash qat’iy nazoratga olindi. Universitet hududi va barcha binolar SEOM xodimlari tomonidan to‘liq dezinfeksiya qilindi», — deydi ADU rektori Akromjon Yo‘ldoshev.

Qo‘shimcha qilinishicha, universitetda o‘quv jarayonlari to‘liq davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан