Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon shahar prokurori ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura esa buni rad etmoqda
21.05.2021 22:42,  
357

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining 2021 yil 17 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida Shuhratbek Karimovni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilishni so‘rab taqdimnoma kiritgan Andijon shahar prokurori Qurbonali Asqarov ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ayni paytda u rasman vazifasidan ozod qilinmaganini ma’lum qildi.

Kun.uz bilan gaplashgan bir necha manba shahar prokurori bir necha kundan buyon ishga chiqmayotgani, shahar hokimligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda ham ishtirok etmayotganini aytishmoqda. Prokuratura organlaridagi manba Qurbonali Asqarov 18 may kuni kechki payt xonasidan narsalarini yig‘ishtirib chiqib ketganini ma’lum qilgan.

Qolaversa, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan viloyatda yoshlar forumini o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan yig‘ilishda hamma tuman va shaharlarning sektor rahbarlari to‘liq ishtirok etgani, faqatgina Qurbonali Asqarov ushbu yig‘ilishda qatnashmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан