Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ishlamagan 58 nafar odamga jami 663 mln. so‘m maosh "to‘langan"
29.03.2021 12:47,  
1466

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limining markazlashgan moliya-buxgalteriya sobiq hisobchisi T.A. 2019-2020 yillarda maktabda haqiqatda ishlamagan 34 nafar fuqaroni ishlaganligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomalariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali ish haqi hisoblab, 526,9 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Prokratura departamenti habar bermoqda.

Xuddi shunday, Asaka tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi Sh.Z. va boshqalar malaka toifasini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya sinovlaridan o‘tmagan 24 nafar xodimga soxta sertifikatlarni rasmiylashtirish orqali 136,1 mln so‘m byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан