Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon universiteti binosida baxtsiz hodisaga uchragan ayol vafot etdi
11.12.2021 14:49,  
204

Andijon davlat universitetining «Tarix binosi»ning to‘rtinchi qavatidan ayol kishi tushib ketganligi haqida xabar berilgandi.

4 dekabr kuni 28 yoshli ayol bir talabaning oila a’zosi sifatida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan «Tarix» fakultetining binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.

Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.

Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan «S.Haus» MChJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan.

«Daryo» xabariga ko‘ra, ayol 9 dekabr kuni vafot etgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali reanimatsiya bo‘limida ishlovchi, ismi sir qolishini so‘ragan xodimlaridan biri ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, ayol og‘ir tan jarohatlari natijasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 9 dekabr kuni vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан