Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon va Namanganda koronavirusga chalingan 43 nafar bemor tuzaldi
9.05.2020 21:14,  
201

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, shu soatlarda Andijon viloyatida 23 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, jami 43 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ulardan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 8 nafari erkak, 15 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Namanganda tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 11 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 64 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 71 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1846 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda ushbu kasallik aniqlanganlar soni 2349 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 493 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан