Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokim Abdurahmonov prezidentga murojaatida 81 marta “muhtaram” soʻzini ishlatdi.
26.12.2020 22:33,  
2047

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yoshlar forumida 81 marotaba "muhtaram prezident" dedi va davlatimiz rahbariga murojaat qildi. U bu iborani o‘rtacha har 7,6 soniyada takrorladi. Taqqoslash uchun: Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bir tadbirda ushbu iborani 22 marta (har 34,3 soniyada) ishlatgan.

25-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar forumida so‘zga chiqib, unda mamlakat yoshlari duch kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llarini aytib o‘tdi. Bu yerda davlat rahbari bir nechta hokimlar bilan suhbatlashdi, ular o‘z hududlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishdi.

Andijon viloyati hokimi mamlakat rahbari bilan muloqot chog‘ida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarni hal qilish haqida gapirdi. Viloyat ma’muriyati rahbari o‘z chiqishlarida "Muhtaram Prezident" ("Hurmatli Prezident") iborasini ko‘p marotaba aytgan. Tadbirda ishtirok etgan Gazeta.uz muxbirining hisob-kitoblariga ko‘ra, hokimi bu iborani 10 daqiqa 21 soniyada 81 marta aytdi yoki o‘rtacha har 7,6 soniyada takrorladi" - deya xabar bermoqda Gazeta.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан