Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon viloyat hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
11.02.2021 11:20,  
245

Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Tursunov Otabek Ravshanbek o‘g‘li tayinlandi.

Tayinlovga qadar Otabek Tursunov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nishonov Maxamadjon Sadikjanovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Baltabayev Shakirjon Mamajonovich sog‘ligi yomonlashgani sabab o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан