Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon viloyatiga birinchilardan bo‘lib saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan mobil mammograf olib kelindi
19.05.2021 11:32,  
56

Xabaringiz bor, 2021 yil 14 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘ldi.

 Shu yerda onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Videoselektorda kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mobil brigadalar tuzib, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari, shifokorlar o‘z hududlarida onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirgan edi. 

Andijon viloyati hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bildirilgan takliflarga asosan saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etish, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yish maqsadida birinchilardan bo‘lib Andijon viloyatiga mobil mammograf olib kelindi. 

Buning natijasida viloyatida ushbu kasallik bilan aziyat chekayotgan bemorlarni erta aniqlash va davolash tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан