Andijonda 1 kg «gashish»ni 15 ming dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

Andijonda 1 kg «gashish»ni 15 ming dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

2020 yilning 4 avgust kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tadbirda 31 yoshli I.A., tumandagi Dostonobod MFY hududida 1 dona sellofan paketga solib qadoqlangan holdagi sof og‘irligi 937,62 gramm bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik moddasini 5.000 AQSh dollari va 100.000.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.A., dan kimyoviy ishlov berilgan 5000 AQSh dollari va 100.000.000 so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.A., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.