Andijonda 1502 nafar ov quroliga ega fuqarolar tekshirildi

Andijonda 1502 nafar ov quroliga ega fuqarolar tekshirildi

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Fuqarolarga tegishli bo‘lgan qurollarning saqlanishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol bilan bog‘liq turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida Andijon viloyat hududida «Qurol» maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan shaxsiy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash hamda foydalanish tartiblariga rioya etilishini tekshirishdir.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Tadbirga jami 859 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va 16 nafar ovchilik jamiyati ishchi-xizmatchilari hamda jamoatchilik vakillari jalb qilinib, hozirga qadar viloyat bo‘yicha 1502 nafar ov quroliga ega shaxslar tomonidan qurol va o‘q-dorilarni saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilayotganligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ushbu qoidalar bo‘yicha yana bir marotaba tushuntirish ishlari olib borildi.

Tekshiruvlar davomida qurolni saqlash va olib yurish qoidalarini buzgan 68 nafar fuqarolarga nisbatan MJtKning 221-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Viloyatda o‘tkazilayotgan tadbir davomida fuqarolar o‘rtasida o‘zlarida saqlayotgan noqonuniy o‘qotar qurollarini ixtiyoriy ravishda IIBga topshirish to‘g‘risida olib borilgan profilaktik-tushuntirish ishlari natijasida 2 nafar fuqaro tomonidan ov qurollari ixtiyoriy ravishda IIBga olib kelib topshirilgan.

Qurol saqlash va undan foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalar:

  • qurol va uning o‘q-dorilari qurol egasining doimiy yashash joyida saqlanishi lozim;
  • ovchilik badali va davlat bojini o‘z vaqtida to‘lab borish;
  • qurolni saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddatiga doimiy rioya qilish talab etiladi.