Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Andijonda 5 oylik kelinchak nomusiga tegishdi» sarlavhali video yuzasidan izoh berildi
16.05.2021 17:11,  
2928

«Andijonda 5 oylik kelinchakning nomusiga tegishdi» sarlavhali videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV izoh bergan.

2021 yilning 13 may kuni fuqaro O.O “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, Qoraqolpoq MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A va O.M.lar unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lishganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан