Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda 7 yoshli bolakayning ko‘rsatmasi jinoyatni fosh qildi
2.03.2021 14:00,  
1149

2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:15 larda noma’lum shaxs “Spark”  avtomashinasida Oltinko‘l tumani Ko‘makay MFY hududida yo‘l chetida ketayotgan 1-sinf o‘quvchisi Asadbek B.,ning oldida to‘xtab, uni qo‘lidagi narxi 450.000 so‘mlik “RedMi-5” rusumli uyali telefonini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun olib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Voqea haqida xabar bergan IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha,  7 yoshli  Asadbek B., ushbu “Spark” rusumli avtomashinaning davlat raqamini eslab qolib otasiga ma’lum qilgan. Bolakayning fakti asosida olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli Husniddin R., sodir etganligi aniqlangan. U o‘z xohishi bilan talonchilik orqali qo‘lga kiritgan uyali telefon apparatni Asadbek B.,ning otasiga olib borib berganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Husniddin R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан