Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda avtomashina salonida qisilib qolgan haydovchi shifoxonada vafot etdi
8.08.2021 12:08,  
401

Andijon viloyatining Asaka tumanida yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashina salonida qisilib qolgan haydovchi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tumanning «Beruniy» mahallasi hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 165 kilometrida Farg‘ona shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro X.N. «ZIL-138» rusumli yuk avtomashinasi hamda GKB-819 rusumli tirkamani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomashina va tirkama yo‘l chetiga ag‘darilib, haydovchi avtomashina salonida qisilib qolgan. Natijada haydovchi Asaka tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.

Voqea joyi o‘rganilganda yo‘lga yotiq chiziqlari chizilgani, yo‘l belgilari mavjudligi, kunning yorug‘ vaqti, yo‘lning qatnov qismida nuqsonlar mavjud emasligi aniqlangan. Holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YTH sababi va oqibati viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Saidolim Zingirov boshchiligida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan va tegishli vazifalar belgilab olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан