Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda gaz muammosi tufayli odamlar norozilik bildirib ko‘chada to‘plandi (video)
11.12.2020 20:32,  
1018

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrining «Hamdo‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bir qator masalalar yuzasidan o‘z noroziliklarini bildirib, shaharning O‘zbekiston ko‘chasi va Bobur shoh ko‘chasi kesishmasidagi yo‘lning qatnov qismini to‘sishga urinayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 10 dekabr kuni kech soat 19:20lar chamasida yuz bergan. Voqea joyiga viloyat hokimi o‘rinbosari Ibrohimjon Xolmatov, Andijon shahri hokimi Bahromjon Haydarov, sektor rahbarlari, «Hududgaz Andijon» mutasaddilari yetib borgan. Aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning shikoyatlari tinglangan.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, Kun.uz muxbiri «Hududgaz» gaz ta’minoti filiali bosh muhandisi Akramjon Mirzahmatov bilan suhbatlashgan.

«Fuqarolarning gaz ta’minoti bilan bog‘liq savollariga oydinlik kiritish maqsadida «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali va «Andijonshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari o‘rganishlar olib borishdi.

Ta’kidlash joizki, shu kunlarda Andijon viloyatidagi aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashda bosimning keskin pasayishi kuzatilmoqda. «O‘ztransgaz» AJ tomonidan taqdim etilgan faksogramma ma’lumotiga ko‘ra, «Yangiyer» kompressor stansiyasida avariya holatlari yuzaga kelgani sababli Farg‘ona vodiysiga gaz keltiruvchi magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilgan.

Shunga ko‘ra, Andijon viloyati, xususan Andijon shahrining Hamdo‘stlik MFY hududida ham gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan», – degan A.Mirzahmatov.

Bosh muhandisning qo‘shimcha qilishicha, «Ko‘makay» gaz taqsimlash shoxobchasidagi «Andijon-1» tarmog‘ining tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarida tabiiy gaz bosimi 17–20 kg/sm² dan 3 kg/sm² atmosferaga qadar pasayishi natijasida 1,5 mingdan ziyod aholi xonadonlarining gaz ta’minotida ham qiyinchiliklar vujudga kelgan.

Ayni vaqtda aholi punktlaridagi gaz ta’minotini tiklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, o‘tib borayotgan haftada shunga o‘xshash holat Buxoro viloyatida ham kuzatilgandi. Avvaliga Buxoro tumani, ko‘p o‘tmay Qo‘rako‘l tumanida aholi vakillari gaz ta’minotidagi muammolar sabab avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан