Andijonda ham Sanitariya markazi mansabdorlari 159 million so‘m mablag‘larni talon-toroj qildi

Andijonda ham Sanitariya markazi mansabdorlari 159 million so‘m mablag‘larni talon-toroj qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i xabar berdi.

Tekshiruvda, Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 326,4 mln so‘m bo‘lgan «gipoxlorid kalsiy 65%» dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 mln so‘mga (o‘rtacha bozor narxidan 159,3 mln so‘mga qimmat) sotib olishib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 205-moddalari jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Namangan, Navoiy va Toshkent viloyatlarida ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdorlari byudjet pullarini talon-toroj qilgan edi.