Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda haydovchi "Spark" avtomobilida ikki nafar voyaga yetmagan piyodani urib yubord
15.09.2021 09:30,  
198

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Andijonda "Spark" haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgani yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida joylashgan "Abu saxiy" savdo do‘koni yaqinida haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.N. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan, 2005 yilda tug‘ilgan M.B hamda 2011 yilda tug‘ilgan M.A.larni urib yuborgan.

Natijada ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан