Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda "Hizb ut-Tahrir" g‘oyalarini targ‘ib qilgan 12 nafar shaxs ushlandi
24.12.2021 17:49,  
353

22 dekabr kuni Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek quyildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muqaddam "Hizb ut-Tahrir" safida faoliyat olib borganligi uchun uzoq yillar jazo muddatini o‘tab chiqqan 51 yoshli A.A. jinoiy faoliyatini tiklab, 11 nafar sobiq g‘oyadoshlarini o‘zining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam "Hizb ut-Tahrir" tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqishgan.

Ular internet tarmog‘i orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib quyilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан