Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qilindi
4.03.2021 19:44,  
437

Andijon viloyati Marhamat tumanida homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qilib taqinchoqlarini olib qochayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 2 mart kuni soat 10:00 larda noma’lum shaxs yuziga niqob taqib olib Marhamat tumani «Turon» MFYda yashovchi homilador bo‘lgan 28 yoshli N.T.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, N.T.dan taqib olgan tilla taqinchoqlarini berishini talab qilib, unga elektroshoker bilan hujum qilib taqinchoqlarini zo‘rlik ishlatib olgan va devor oshib, uydan qochib ketayotgan vaqtida mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tekshiruv harakatlari davomida jinoyatni 26 yoshli M.M. sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан