Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda jiyaniga chiqarilgan sud hukmini yopib yuborish evaziga IIB xodimiga 500 dollar bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
7.06.2021 07:51,  
76

Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IIB Probatsiya xodimiga 500 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda  IIV matbuot xizmati.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi tomonidan 2021 yilning 16 aprel kuni Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan sudlanib, 360 soat majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan Xonobod shahar IIB Probatsiya hisobida turuvchi fuqaroga oid hukm ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borilganida, ushbu shaxs bu manzilda yo‘qligi, surishtiruv davomida esa mahkum 2021 yilning 4 may kuni Qozog‘istonga chiqib ketgani aniqlangan.

Xonobod shahar ichki ishlar xodimi ushbu fuqaroning qarindoshlarining yashash manziliga borib, ularning Qozog‘istonga chiqib ketgan tanishi jazoni belgilangan tartibda o‘tashi kerakligini tushuntirgan. Shu vaqtda mahkumning tog‘asi xodimga ishni noqonuniy ravishda yopib yuborish evaziga 500 AQSh dollarini pora sifatida berishni taklif qilgan. Mazkur holat yuzasidan xodim yuqoridagi fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shunga ko‘ra, 2021 yil 16 may kuni soat 13:00 larda O‘zbekiston IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda mahkumning tog‘asi jiyanining 360 soat majburiy mehnatga jalb etish jazosini o‘tamasdan, ushbu hukmni noqonuniy yopib yuborish evaziga pora sifatida 500 AQSh dollari bergan vaqtda ushlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан