Andijonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m talon-toroj qilindi

Andijonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi «Yakka tut» MFY mansabdor shaxslari tomonidan kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam pullari to‘lab berilishi oqibatida 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan MFY mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «a,v,g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan viloyat Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

MAVZUGA DOIR: