Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda katta suv quvuri yorilib ketdi (video)
10.01.2021 22:51,  
343

Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod—Andijon» markaziy suv quvurining Andijon tumani «Xortum» mahallasida joylashgan suv taqsimlash jihozida 9 yanvar kuni nosozlik yuzaga keldi. Ayni vaqtda Andijon shahrida ichimlik suvi ta’minotida muammolar yuzaga kelgan.

«Andijon suv ta’minoti» kompaniyasi ushbu nosozlik oqibatida 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berishda uzilish yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shu munosabat bilan, kompaniya Andijon shahri aholisidan uzr so‘ragan holda, ularni ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishga chaqirgan.

«Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda va nosozlikni bartaraf etish uchun shu yilning 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berish ta’minotida uzilish yuzaga kelishi mumkin. Nosozlikni bartaraf etish jarayonida Andijon shahriga Jalaquduq tumanida joylashgan «Paxtakor» yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, 20 dona maxsus suv tashish transport vositalari xizmatga shay holatga keltirildi.

«Andijon suv ta’minoti» MChJ Andijon shahri aholisidan ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishlarini so‘ragan holda, yuzaga kelgan holat yuzasidan uzr so‘raydi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан