Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda Lacetti haydovchisi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)
12.01.2020 11:13,  
936

Joriy yilning 4 yanvar kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida Lacetti haydovchisi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan. Lacetti haydovchisi yo‘lda YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan to‘xtamay kelgan. Bu haqda "Zamon" axborot dasturida xabar qilindi.

Ikkinchi YPX xodimi ushbu mashinani to‘xtatish choralarini ko‘rib to‘xtatganida, haydovchi mashinaning hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytib, «mashina o‘g‘irlangan» deb YPX xodimiga do‘q urib, uning yoqasiga yopishgan.

Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib olib, mashinasida ketib qolishga uringan. YPX xodimi esa uning mashinasiga o‘tirib olib, yordamchi kuchlar yetib kelganidan so‘ng mashinani jarima maydonchasiga olib borgan.

Ushbu holat bo‘yicha Lacetti haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi 1-qismi, 135-modda 1-qismi, 183-modda va 194-moddalarning 1-qismlari bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан