Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qo‘lga olindi
16.05.2020 11:03,  
860

2020 yilning 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi Andijon tumanida yashovchi fuqarolar D.X va bir guruh shaxslar tumanning Guliston mahallasida jinoyat sodir etishgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu fuqarolar Guliston mahallasida joylashgan “Abdurashid hosili” fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan “Andijanpetro“ MChJga qarashli neft quvurlariga maxsus moslama o‘rnatib, ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlayotgan vaqtlarida Andijon tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakillari tomonidan ushlandi.

Foto: IIB axborot xizmati

Shu bilan birga, ulardan 35-dona maxsus tayyorlangan qoplarda neft mahsulotlari, 30 dona bo‘sh qoplar, temir trubaga ulangan maxsus moslama hamda 8 metr hajmdagi sellofanlar olingan.

Foto: IIB axborot xizmati

“Andijanpetro“ MChJ tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu jamiyatga tegishli bo‘lgan jami 10.500.000 so‘mlik neft mahsulotlari talon-taroj qilingan hamda markaziy quvurga shikast yetkazilib yaroqsiz xolga keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 may kuni yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi va 255-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан