Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda o‘qituvchi yosh bolani kaltakladi. Vaziyatga aniqlik kiritildi
21.03.2021 12:01,  
945

Joriy yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan Asaka tuman xalq ta’limi bo‘limining munosabati e’lon qilindi.

"Asaka tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlaganligi to‘g‘risida yuborilgan videolavha yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

Videolavhada aks etgan boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at va musiqa fani o‘qituvchisi Umaraliyeva Madina Rustamovna 1986 yilda tug‘ilgan, Mexnatobod MFY da yashaydi. Ta’lim muasasasiga maktabning 2019 yil 4 sentyabr kungi 109- sonli buyrug‘iga asosan musiqa fani o‘qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan. 

Videolavhada aks ettirilgan voqeada Umaraliyeva Madina Rustamovna o‘z o‘g‘lini ya’ni ushbu maktabining 4-B sinf o‘quvchisi Maxammadjonov Iqboljonni kaltaklagan. Bunga sabab o‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolganligi uchun sinf rahbari Sh.Ergasheva o‘quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganligini aytganligi uchun M. Umaraliyeva achchiq qilib o‘z farzandini urgan.

Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etildi.  

Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi zaruriy choralarni ko‘rib, tegishli ishlarni olib boradi hamda jamoatchilik va ota-onalarni hamkorlikka chaqiradi", — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан