Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda o‘quvchilari ustki kiyimsiz tashqariga chiqarilgan maktab direktori ishdan olindi. O‘quvchilar sovuqda «Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash» tadbiri mehmonlarini kuzatgan
23.11.2020 12:04,  
182

22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 43-maktab o‘quvchilarining sovuqda ikki qator bo‘lib, yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarib mahalliy amaldorlarni kutib olayotgani aks etgan surat tarqaldi. Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilganidan so‘ng, maktab direktori va uning o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga «Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostida O‘zbekistonda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-ma’daniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

Targ‘ibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor bo‘lgan o‘quvchilar soat 11:25 da ularni kuzatish maqsadida yo‘lakka chiqqan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan.

«Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2—3 daqiqa tashqarida qolishgan, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35 gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralgan», — deyiladi bayonotda.

Ishchi guruhning yakuniy xulosasiga ko‘ra, 43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov) hamda maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova) egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati vazir Sherzod Shermatov ilgari barcha maktab direktorlari va hududiy xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlarini bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy ogohlantirganini ma’lum qilgan. «Bunga yo‘l qo‘yish yoki kim bilandir shu tarzda uchrashish taqiqlanadi. Vazir bu haqda qat’iy ogohlantirgan», — deb ta’kidlanadi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан