Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda o‘zini suvga tashlagan 18 yoshli qiz va uni qutqarmoqchi bo‘lib, cho‘kib ketgan boboning jasadlari topildi
7.01.2021 10:19,  
630

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 2020 yil 16 dekabr kuni joniga qasd qilib, o‘zini suvga tashlagan 18 yoshli qiz va uni qutqarmoqchi bo‘lgan 65 yoshli otaxon ham suvda oqib ketgani haqida xabar berilgan edi. 
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bobo va nabiraning jasadi suvdan olib chiqildi. Bu haqida "Zamon" informasion dasturida xabar berildi. 
Keltirilishicha, 9 kun davomidagi o‘rganishlar, 26 ta guruhning suvda olib borgan qidirish ishlari natijasida fuqarolarning jasadlari topilgan. Andijon viloyati FVB guruh komandirining ma’lum qilishicha, bobo va nabirani qidirish, dastlab,  ular cho‘kib ketgan joydan boshlangan. Bir kunda 4-5 km masofadagi hududlarda izlash ishlari olib borilgan. Natijada, voqea sodir bo‘lgan joydan 10 km uzoqlikdan bobo va nabiraning jasadlar topilgan.
Ayni paytda qizning nima sababdan o‘zini suvga tashlagani yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан