Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda Spark kapotida YPX xodimini 60 metrcha sudrab ketgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21.06.2021 17:22,  
374

Andijonda haydovchi Spark kapotida YPX xodimini 60 metrcha sudrab ketib, hodisa joyidan ketib qolgani haqida xabar berilgan edi. YHXBB ushbu haydovchi ushlanganini ma’lum qildi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlarida haydovchi Spark mashinasini tanishining uyiga yashirgani, avtomashina raqamlarini ham yechib qo‘ygani aniqlangan. Endilikda ushbu mashina jarima maydoniga olib ketilgan. Haydovchiga nisbatan esa Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, voqea 19 iyun kuni soat 19:30 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida yuz bergan. Spark haydovchisi YPX xodimi inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, harakatda davom etgan. YPX xodimi aloqa vositasi yordamida o‘zidan keyingi xodimga avtomobil ma’lumotlarini yetkazgan.

Haydovchi keyingi YPX xodimining ham to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan va avtomobil kapotiga osilib qolgan inspektor bilan haydashda davom etgan. Taxminan 50-60 metr masofadan so‘ng YPX xodimi kapotdan tushib qolgan. Haydovchi esa harakatni davom ettirib, hodisa joyidan ketib qolgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан