Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda Tracker beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida unda bo‘lgan 3 nafar talaba yigit vafot etdi
22.09.2021 19:23,  
388

Andijon viloyatining Andijon tumanida 22 sentyabr kuni avtohalokatga uchragan Tracker’da 3 nafar talaba yigit vafot etdi, yana bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonada qolmoqda. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 sentyabr kuni soat 02:30 larda 21 yoshli haydovchi A.A. boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Tracker rusumli avtomashinani Andijon tumani «Jahonobod» MFY hududida haydab ketayotib boshqaruvni yo‘qotib, Bog‘ishamol aylanma harakatining beton to‘sig‘iga urilgan. Oqibatda haydovchi hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina salonida bo‘lgan 21 yoshli A.P, 20 yoshli A.Yu. va uning tengdoshi bo‘lgan I.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan A.Yu va I.A. shifoxonada vafot etgan.

Voqea joyi Andijon tuman prokurori ishtirokida, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi va EKB mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechirilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda ishga aloqador daliliy ashyolar olingan. Shuningdek, marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Avtohalokat oqibatida vafot etgan yigitlarning barchasi Andijon tibbiyot instituti 3-kurs talabalari bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан