Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda xandaq qaziyotgan erkak qum ostida qolib ketdi
7.03.2021 08:19,  
322

Andijon shahrida 6 mart kuni xandaq qaziyotgan erkakni qum bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Boburshoh ko‘chasida yo‘l bo‘ylab 25 yoshli erkak xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan xandaq qaziyotgan bo‘lgan. Oqibatda yuqorida to‘plangan tuproq ishchining ustiga tushgan.Guvohlar darhol Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qutqaruv guruhi bir necha daqiqada voqea joyiga yetib kelib, ishchini tuproq ostidan chiqarib olgan. Keyinchalik erkak tez yordam guruhi bilan shifoxonaga yuborilgan, olgan jarohatlari jiddiy bo‘lmagani sababli uyga ketishga ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан