Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda xitoylik investorning farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvoxnoma topshirildi
7.04.2021 21:01,  
152

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlarning Baliqchi tumanida tug‘ilgan farzandi Xuang Xiaoboning tug‘ilganlik haqidagi guvoxnomasi topshirildi.

2021 yil 27 mart kuni Baliqchi tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga xitoylik fuqarolar Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlar 2020 yilning 2 dekabr kuni Baliqchi tuman tug‘ruq kompleksida dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganligini qayd etishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.

Ularning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, bolalarning haqiqatan ham Baliqchi tumanida tug‘ilganligi tasdiqlangach, Baliqchi tuman FHDYo bo‘limi tomonidan dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.

Kuni kecha ushbu xorijlik fuqarolarning Xuang Xiaobo ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirilgan.

-O‘zbekiston mening ikkinchi Vatanim desam yanglishmayman, deydi Xuang Lianjun. - Boisi ushbu jannatmonand diyorda o‘n yildan buyon yashab kelayapman. Ayni paytda chinni buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "Mig farfor" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida faoliyat yuritmoqdaman. 2020 yil oilamiz uchun quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. Boisi o‘tgan yilda korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritib, yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 7 milliard so‘mga yetkazdik. Shu bilan birga 150 nafardan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlashga erishdik. Bundan tashqari yil oxirida o‘g‘il farzandli bo‘ldik. Unga Xuang Xiaobo deb ism qo‘ydik. O‘zbekchasiga o‘g‘limizni “Temurbek” deb chaqirayapmiz. Oradan 4 oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsada bugun o‘g‘limizning tug‘ilganligi qayd etilganidan xursandmiz. Murojaatimizni qaytarmasdan ishimizni oson hal qilib berishda o‘zini xizmatlarini ayamagan FHDYo xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman.

Qayd etish lozim, joriy yilning 1 apreliga qadar shahar va tuman FHDYo bo‘limlari tomonidan 10 ga yaqin xorijlik fuqarolarning Andijon viloyatida tug‘ilganligi qayd etilgan.

DXA Andijon viloyati boshqarmasi

axborot xizmati 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан