Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda xotinining burnini tishlab, uzib olgan er qamaldi
25.11.2021 14:40,  
475

Andijonda o‘z xotinining burnini tishlab, uzib olgan erga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi xabar berdi.

Andijon viloyati Buloqboshi tuman sudida badanga og‘ir shikast yetkazgan erkakning bu ishi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 29 iyun kuni er farzandlarini olib ketish uchun arazlab ketib qolgan xotining qizlik uyiga borgan. Ammo, xotining onasi qizi ketmasligini aytgan. Shu payt sudlanuvchi xotining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, uning burnini tishlab, qochib ketgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, burun uchi va o‘ng tomon sharida tishlangan, yirtilgan va o‘zib olingan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan.

Shuningdek, bir necha bosqichli operatsiya o‘tkazish kerakligi ammo, qayta tiklangan burun uchi va qanotlari sohalarida chandiqlar qolib ketishi xulosa qilingan.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi oldin ham JKning bir nechta moddalari bilan jazolangan.

Sud hukmiga ko‘ra, erkakka nisbatan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан