Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijondagi 5000 qadam loyihasiga "SES" ruxsat bermagan — SEOA
29.05.2020 13:18,  
196

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Sog‘lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? O‘zi har kuni telivideniyeda uyda o‘tiring deb aytilayotgan bo‘lsa?

— 5000 qadam loyihasi ommaviy bo‘lmasligi kerak. Ya’ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog‘lig‘i uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan va "SES" ruxsat berdi" degan xabarlar xech qanday asosga ega emas.

Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldinii olish bo‘yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi yetkachi hisoblanadi.

Mavzuga doir: Koronavirus chiqqan Izboskanda ommaviy tadbir o‘tkazildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан