Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijondagi «archa spektakli» yuzasidan hokimlik izoh berdi
20.06.2021 09:58,  
2929

Ijtimoiy tarmoqlarda "Anjanda buni: "Ish bitdi, eshak suvdan o‘tdi," deyishadi." sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.

Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan.

Yo‘lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida, ekologlar tavsiyasiga ko‘ra, qayta o‘tqazilgan ko‘chatlarning yanada o‘sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan.

Ayni paytda bu manzarali butalar yana o‘z joyiga qayta o‘tqazilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан