Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijondan olib qochilgan “Spark” bo‘laklarga bo‘lingan holatda Namangandan topildi
6.04.2021 21:41,  
476

2021 yilning 4 aprel kuni soat 07:30 da Andijon viloyati, Baliqchi tuman IIBga 27 yoshli Sarvarbek R., murojaat qilib, o‘ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketilganligini aytgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi. 

Murojaatda ma’lum qilinishicha, Sarvarbek joriy yilning 3 aprel kuni soat 22:30 larda yashash uyi oldida avtomabilini qulflanmagan holda qoldirib, xonadoniga kirib ketadi, 4 aprel kuni soat 5:50 larda avtomashinasidan xabar olish uchun qaragan vaqtida, joyida yo‘qligini ko‘radi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan “GPS” qurilmasi signali avtomashina Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotganligini ko‘rsatib, unga asosan viloyat hududida to‘sib ushlash tadbiri e’lon qilingan va Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli Akbar Q.,ning yashash xonadonidan Sarvarbek R.,ga tegishli avtomashinaning davlat raqam belgisi yechilib, ehtiyot qismlarga ajratilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Akbar Q.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан