Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgan.
19.01.2021 17:39,  
5234

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotganligi haqida videoyozuv tarqalgan.Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va “Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan”, deb po‘pisa qilgan. Muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.

Qizning onasi 2010 yildan vafot etgach, otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqida qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan. O‘tgan yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.

Qizig‘i shundaki, ichki ishlar xodimi og‘zaki ogohlantirish bergan xolos. Keyinroq esa inspektor “Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman”, deb maslahat bergan. Umuman olganda, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisinadlik qilmoqda. Qizig‘i, mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabda ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан