Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonlik zo‘ravon IIB xodimlariga hukm o‘qildi
27.11.2020 13:23,  
1055

Shu yilning may oyida o‘g‘rilikda gumon qilingan fuqaro A. Abdukarimov Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limining bir necha nafar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan. Bugun mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O. Arabov raisligida hamda sudyalar Z. Fayziyev va Sh. Rajabovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilgan ish yakuniga ko‘ra, Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan aybdor deb topilgan  quyidagi shaxslar:

  1. D.Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) 9 yil muddatga;
  2. Q.Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) 10 yil muddatga;
  3. E.Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) 10 yil muddatga;
  4. F.Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan)10 yil muddatga;
  5. P.Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yana bir sudlanuvchi A. To‘raqulov esa 1 yilga «kesildi».

Sudlanuvchilarning barchasi ma’lum muddatga muayyan huquqlaridan ham mahrum etilgan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakiliga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi, deyiladi Oliy mahkama matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан