Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas». Iqtisodchi Otabek Bakirov tadbirkorlarni haqorat qilgan Andijon viloyati hokimiga murojaat qildi
20.11.2020 19:05,  
1712

Telegram’dagi «Bakiroo» kanali muallifi, iqtisodchi Otabek Bakirov «Ular» loyihasiga bergan intervyusida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘mini berib qo‘yyapti?» deya aytgan gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan yana bir audioyozuv internetda tarqalgandi. Unda viloyat rahbari Andijonda olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan ba’zi kishilarni «sassiq» deb atagan. Shuningdek, audioda uning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti?» deganini, Andijon va Namanganni o‘zaro solishtirib aytgan gaplarini eshitish mumkin.

Intervyu davomida Otabek Bakirov Andijon viloyati hokimining bu turdagi gaplariga e’tiroz bildirib, u minayotgan Tahoe viloyatdagi tadbirkorlar hisobidan olinganini eslatib o‘tgan.

Andijon viloyati hokimining audioyozuvi tarqaldi. Viloyat hokimi tadbirkorlar to‘layotgan soliqdan Tahoe minib yuribdi, lekin o‘sha tadbirkorni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti. Ya’ni o‘sha tadbirkor bosh vazirga savol bilan murojaat qilmoqchi bo‘lgan, savol bilan murojaat qilmagan hali, savol bilan murojaat qilish xohishi paydo bo‘lgani uchun uni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti…

Sinizmning kengligini tushunyapsizmi? Aynan bu hokimni qabul qila olmaganim sababi — har ikki gapining birida «Men Andijon viloyatining uch million xalqini boqayapman» deydi. Men o‘sha hokimga kadrdan, efirdan turib gapirmoqchiman — Andijon viloyatining 3 million aholisi sizni boqayapti, siz ularni emas».

Otabek Bakirov, iqtisodchi

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан