Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angliya chempionati o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin – OAV
29.02.2020 15:33,  
487

Koronavirus xavfi tufayli Angliya chempionati o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.

Manbaga ko‘ra, koronavirus tez tarqalayotgani uchun hukumat mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini bekor qilishi mumkin.

Agar APLda ham mavsum to‘xtatilsa, avvalgi natijalar saqlanib qolinishi yoki bekor qilinishi borasida muzokaralar bo‘ladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Mavsumning qolgan barcha o‘yinlari bekor qilinsa, Yevrokuboklarda qaysi jamoalar ishtirok etishi masalasi ham muammoga aylanadi. Lekin liga rahbariyati qanday qaror qabul qilsa ham, klublar bunga hech qanday e’tiroz bildirishlari mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, APLda 79 ochko bilan “Liverpul” peshqadam bo‘lib turibdi. Mersisaydliklarni chempionlikdan 4ta g‘alaba ajratib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан