Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angor va Sho‘rchi tumani hokimlari intizomiy jazoga tortildi
17.11.2021 08:59,  
38

Surxondaryo viloyati hokimligida videoselektor tarzida o‘tgan hokimlik soati yig‘ilishida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama etildi. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov bu borada erishilayotgan natijalarni e’tirof etgan holda joylarda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan ayrim mutasaddilar faoliyatini keskin tanqid qildi.

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida 2020 yilda Angor va Sho‘rchi tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun mazkur tumanlar hokimlari intizomiy jazoga tortildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, viloyatda eksport prognoz parametrlarining bajarilishi, «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni hal etish, shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан