Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
12.09.2019 13:33,  
23

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans service” MChJ tomonidan qo‘shni respublikalar hududiga chiqayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ularni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bugungi kunga qadar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 4 ta xalqaro yo‘nalishda (“Toshkent-Olmaota”, “Toshkent-Ushkunur”, “Toshkent-Qizilo‘rda”, “Chirchiq-Ushkunur”) muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining turli shaharlariga safarga otlanayotgan Toshkent viloyati tumanlari aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 13 sentyabr kunidan e’tiboran “Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” xalqaro yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘nalish masofasi 918 km bo‘lgan “Angren-Olmaota” yo‘nalishida chipta narxi 120 000 so‘m etib belgilangan bo‘lib, avtobuslar Angrendan soat 16:00, 17:00, 18:00 da harakatlanishni boshlaydi.

“Chirchiq-Olmaota” yo‘nalishida esa yo‘l kira haqqi 100 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalish masofasi 818 km.ni tashkil etadi. Avtobuslar Chirchiq avtostansiyasidan soat 17:00 va 18:00 da yo‘lga chiqadi.

“Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishi bo‘ylab esa avtobuslar har kuni soat 09:00, 11:00, 13:00, 15:00,17:00 da Chirchiq avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l kira haqqi 35 000 so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, 13 sentyabr kunidan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishida ham muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Masofasi 387,9 km bo‘lgan mazkur yo‘nalishda chipta narxi 54 000 so‘m etib belgilangan. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:50 da jo‘nab ketadi. Shahrisabzdan esa soat 09:30 Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан