Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Angren shakar» va «Xorazm shakar»ni saqlab qolishning 2 ta yo‘li bor...»
28.10.2020 20:09,  
1506

Davlat soliq qo‘mitasi va tegishli vazirliklar! O‘zbekistonning salkam 0,1 foiz aholisiga yordam bera olasizmi?

Bugun yurtimizdagi 2 ta katta shakar zavodi – «Angren shakar» va «Xorazm shakar»ning barcha ishchi-xodimlari birin-ketin ishdan bo‘shatilmoqda. O‘zbekistonda pandemiya sharoitida aholini ish bilan band qilish eng dolzarb muammo bo‘lib turgan bir paytda 3000 – 4000 odamning ishdan ketishi... Buning sababini aniqlash maqsadida «Angren-shakar» shakar zavodi mutasaddisi bilan bog‘landik. Uning iltimosiga ko‘ra, ism-sharifini oshkor qilmadik.

– 2020 yil 3 aprelda Prezidentimiz tomonidan «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5978-son Farmon imzolandi. Unda 2020 yil oxirigacha bojxona boji va aksiz solig‘isiz olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari orasida shakar ham bor (TIF TN kodi – 170199). Bundan unumli foydalanib, mahalliy tadbirkorlar qo‘shni davlatlar, xususan, Qozog‘iston orqali ko‘p miqdorda shakar olib kiryapti. Import shakarlarga qo‘yilgan soliqlar olib tashlangani sabab chetdan kelayotgan shakar va shakar mahsulotlari narxi arzon. Natijada bozorda mahalliy shakarga talab tushib ketdi. Bozorda raqobat muhiti buzildi.

«Angren shakar», «Xorazm shakar» 2017 yildan buyon Yevrosiyo standartlari bo‘yicha shakar ishlab chiqaradi. Aholi esa chetdan kirayotgan shakarni sotib olmoqda, chunki arzon-da. Biz Lotin Amerikasidan shakar xomashyosi sotib olib, Yevropa standartlariga mos shakar ishlab chiqaramiz. Ammo arzon import shakarlar mahalliy shakarlarni bozordan siqib chiqardi. Oqibatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar – «Angren shakar» va «Xorazm shakar» inqirozga uchradi. Endilikda ortiq faoliyat olib bora olmaymiz...

– Ayting-chi, ikkala zavodni ham saqlab qolish uchun nima qilish kerak? Axir shuncha ishchilar?..

– Ish o‘rinlari saqlab qolinishi uchun raqobatchilarimiz bilan teng imtiyoz berilishi kerak.

Biz shakarni birja orqali sotamiz. Chetdan shakar olib kirayotganlar esa erkin sotishadi. Bu o‘z-o‘zidan narxga ta’sir qilmay qolmaydi.

Minglab ishchi-xodimlar ishsiz qolmasligi hamda zavodni inqirozdan saqlab qolishning 2 ta yo‘li bor – bizga ham raqobatchilarimizga berilgan soliq imtiyozi berilishi kerak. Ikkinchisi yuqoridagi Farmonda belgilangan soliq imtiyozidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan shakarni chiqarib tashlash zarur. Chetdan olib kelinayotgan shakar mahsulotiga avvalgidek soliq to‘lash majburiyati qo‘yilishi yoki «Angren shakar» va «Xorazm shakar»ga ham soliq imtiyozi berilishi bilangina muammoga yechim topsa bo‘ladi deb o‘ylayman.

Intervyu beruvchining mana bu gaplari esa meni nihoyatda ta’sirlantirdi: «Zavod rahbari menga shunday dedi: «Ertadan ishga faqat qorovul kelishi mumkin».

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari keltirilgan. Unda ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organi yo tashkilotga, ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Qonunni bekorga keltirmadik. Zudlik bilan ikkala zavod ma’muriyati bu borada murojaat qilishlari zarur. Biz esa davlat tashkilotlariga shunday deb qolamiz: hozir murojaatlarni nafaqat 15-30 kun, balki 15-30 soniyaga-da kechiktirmay ko‘radigan payt. Zero, zavod ishchi-xodimlari va oilalari yarim-bir oylab pulsiz qanday yashaydi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан