Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angrendan Samarqandga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
15.10.2020 10:43,  
141

15 oktyabrdan boshlab Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan tashkil etilayotgan avtobuslar ertaga soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00 da esa Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo‘lga chiqadi. Avtobuslar Bekobod shahri orqali qatnaydi.

Vazirlik xabarida Angrendan Samarqandgacha yo‘l haqi 50 ming so‘m etib belgilangani ma’lum qilingan. Olmaliqdan Samarqandgacha esa 45 ming so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан