Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antarktidada og‘irligi 315 milliard tonna bo‘lgan aysberg hosil bo‘ldi
1.10.2019 15:20,  
326

U Antarktida materigining sharqiy qismidagi Emeri muzligidan ajralib chiqqan.

D28 deb nomlangan muztog‘ning maydoni 1 636 kvadrat kilometrni tashkil etib, u Shotlandiyadagi Skay orolidan birozgina kichik, qalinligi esa 210 metr atrofida. “Olimlar uni sinchkovlik bilan kuzatib borishadi, chunki muztog‘ning harakati ummondagi kemalar qatnoviga xavf solishi mumkin”, deb xabar qilmoqda BBC.

Olimlar bu muztog‘ materikning yanada sharqroq nuqtasidan, “Bo‘shashgan tish” deb nomlangan qirg‘oqdan ajralib chiqishini hisob-kitob qilgan edilar.

Emeri Antarktidagi uchinchi eng katta muzlik bo‘lib, maydoni 40 ming kvadrat kilometr atrofidadir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан