Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antarktidadan dunyodagi eng katta aysberg ajralib chiqdi
19.05.2021 20:27,  
595

Ayni paytda dunyodagi eng yirik aysberg A-76 Antarktidadan ajralib chiqqan. Bu haqda "Meteoweb" portali sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ulkan muz qoyasining uzunligi 170, eni 25 kilometrni tashkil etadi. Uning maydoni 4320 kvadrat kilometrga teng bo‘lib, buni Ispaniyaning Malorka orolining hududi bilan taqqoslash mumkin.

Ta’kidlanishicha, A-76 Ueddell dengizi, Filchner-Ronne muzligining g‘arbiy qismidan ajralib chiqqan. 

Aysbergning ajralib chiqishi Buyuk Britaniyaning Antarktika tadqiqotlari xizmati tomonidan aniqlangan va AQSh Milliy muz markazi "Copernicus Sentinel-1" missiyasi tasvirlari yordamida tasdiqlangan.

Joriy yilning 27 fevral kuni Antarktidadan Rossiyaning Sankt-Peterburg hududi bilan taqqoslanadigan 1270 kvadrat kilometr o‘lchamdagi aysberg ajralib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан