Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antikorrupsiya agentligi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar haqida ma’lumot berdi
26.05.2021 19:01,  
396

Bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov, direktor o‘rinbosari Umida To‘xtasheva, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Daulanov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Byudjet mablag‘larini noqonuniy sarflagan va talon-toroj qilgan mansabdor shaxslarga ko‘rilgan jazolar haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi. 

Korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilishi orqali erishilgan natijalar:

  • Davlat soliq huzuridagi Kadastr agentligi tizimdagi xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilib, korrupsiyaga moyilligi bo‘lgan 28% (1476 nafar) xodim bilan mehnat shartnomalari tugatilgan.
  • Sog‘liqni saqlash vazirligida 16 mlrd co‘m moliyyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. 22 mlrd so‘m byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishining oldi olindi.
  • Xalq ta’limi tizimida byudjet mablag‘larini noqonuniy sarflash yoki talon-toroj qilish, noqonuniy ish xaqlarini to‘lanishi yuzasidan 214 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 34 nafar mas’ul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, aniqlangan holatlar bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan vaqt ichida jami 78 mlrd so‘m moliyaviy xato va kamchiliklar hamda noqonuniy o‘zlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun xuquq-tartibot idoralariga yuborildi.
  • “O‘zkimyosanoat” AJda tovar moddiy boyliklarini sotib olish jarayonida “inson omili”ni cheklash va korrupsiyani oldini olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish amaliyotiga chek quyilib, tizim korxonalari tomonidan 2020 yil davomida jami 53,4 mlrd. so‘m xarajatlar iqtisod qilinilishiga erishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан