Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antimonopoliya qo‘mitasi Toshkentda MSKT narxlari nega keskin oshib ketganini o‘rgandi
12.10.2020 10:04,  
222

Respublikada, xususan, poytaxt Toshkentda epidemiologik vaziyat sababli, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan shoshilinch tibbiyot muassasalaridagi o‘pkaning Multispiral kompyuter tamografiyasi (MSKT) narxlari o‘rganildi.

Epidemiologik vaziyat aholi o‘rtasida o‘pkaning Multispiral kompyuter tomografiyasiga (MSKT) bo‘lgan ehtiyojni ortishiga olib keldi.

Toshkentdagi xususiy klinikalardagi MSKT xizmatiga bo‘lgan narxlarning ko‘tarilishi natijasi o‘laroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida xususiy klinikalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘rganish o‘tkazildi.

Dastlabki tezkor o‘rganishlar natijasida, quyidagi ma’lumotlar aniqlandi. Unga ko‘ra, MSKT xizmatini poytaxt bo‘ylab 18 ta tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan. Ushbu xizmatning umumiy qiymati 185 mlrd.so‘mni tashkil etgan. Yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt yoki shaxslar guruhi bozorida ustun mavqei mavjudligi aniqlanmagan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra xizmat narxi 195 mingdan 400 ming oralig‘ida belgilangan (ko‘rsatkich jadvali keltirilgan).

Shuningdek, o‘rganishlar orqali ushbu xizmatning narxlari Respublikadagi epidemiologik vaziyatdan oldin 90 mingdan 150 ming so‘m oralig‘ida bo‘lganligi aniqlangan.

Tibbiy muassasalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, taqdim etilayotgan xizmat narxlarining o‘sishiga MSKT xizmatlariga bo‘lgan talabning keskin ortishi, kasallanganlar soni ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, shu sababli ko‘plab tibbiyot muassasalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tganlar, bu esa uskunalarga ortiqcha yuklama tushishiga, ularni tez buzilishiga, qayta tiklash uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni doimiy ravishda sotib olishga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatilingan.

Tibbiyot muassasalarning 24 soatlik rejimga o‘tganligi ortidan esa, muassasa xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lashga olib kelgan. Bu ham o‘z navbatida xizmat narxlarining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Ayrim tibbiyot muassasalarining hisob-kitoblarini o‘rganish natijalari MSKT narxlarining oshishi xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari va individual yondashuvidan kelib chiqqan holda shakllanishining to‘g‘riligini ko‘rsatdi.

Respublikadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Qo‘mita xususiy tibbiyot muassasalarini MSKT xizmati uchun narxlarni asossiz oshirmasligiga ko‘rsatma berdi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida» gi Qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘zlarining tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda yoki shartnoma asosida mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан