Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antiseptikdan vafot etgan qizning onasi ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi
8.02.2021 19:59,  
516

AQShda sanitayzerni iste’mol qilganidan so‘ng vafot etgan ayolning onasi kompensatsiya to‘lashni talab qilib dezinfeksiyalovchi vosita ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi, deya ma’lum qildi KSDK telekanali.

Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli Kayla Stagner 2020 yil 30 may kuni Missuri shtati Sent-Luis shahar atrofida joylashgan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Sud da’vosiga ko‘ra, ichkilikka ruju qo‘ygan ayol bir necha mililitr Blumen Advanced Instant Sanitizer antiseptikini ichgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u o‘tkir metanol bilan zaharlanish natijasida vafot etgan.

Hujjatlarga ko‘ra, antiseptik tarkibida etanol qayd etilgan. Ushbu sanitayzer o‘rniga esa mahsulot qadog‘ida ko‘rsatilmagan hayot uchun xavfli metanol bo‘lgan.

«Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘l uchun dezinfeksiyalovchi vosita tarkibida halokatli darajada metanol bo‘lgan... Uni muayyan miqdorda yutish o‘limga olib keladi», — deyiladi sud da’vosida.

Stagnerlar oilasi 75 ming dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан