Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antiseptiklarda saraton keltirib chiqaruvchi modda bormi?
27.03.2021 19:52,  
227

AQShdagi bir qator ishlab chiqaruvchilarning qo‘llarni dezinfeksiya qilish vositalarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi modda tarkibi aniqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Amerikaning Valisure farmatsevtika kompaniyasi antiseptiklar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi va koronavirus pandemiyasi davrida paydo bo‘lgan ba’zi dezinfeksiya vositalarining yuqori darajadagi kanserogen kimyoviy benzolni o‘z ichiga olishini aniqladi.

Mahsulot asbest (tolali tuzilishga ega oltita tabiiy mineral va kristallar guruhining tijoriy nomi) kabi xavfli hisoblanadi va ba’zi kompaniyalarda uning darajasi AQShning Oziq-ovqat va dori-darmon nazorati agentligi (FDA) tavsiya qilgan me’yordan sakkiz barobar yuqori darajada.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ular saraton kasalligini keltirib chiqaradigan moddalar qatoriga kiradi. Valisure kompaniyasi FDA’ga sotuvdagi mahsulotlarni olib tashlash va o‘zining tahlillarini o‘tkazish haqida iltimos bilan xat yozdi.

Benzol — o‘ziga xos shirin hidga ega, rangsiz suyuqlik, organik kimyoviy birikma. U tabiiy ravishda vulqonlarda uchraydi va o‘rmon yong‘inlari natijasida yuzaga keladi. Yuvish vositalari, bo‘yoqlar, moylash materiallari va kauchuklar kabi bir nechta mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori darajadagi benzol ta’sirida hujayralar yaxshi ishlamasligi mumkin, bu esa immun tizimini ishdan chiqaradi.

Valisure kompaniyasi tadqiqot uchun butun mamlakat bo‘ylab turli xil yirik supermarketlarda, dorixonalarda va Internet do‘konlarida sotilayotgan 168 ta brendning dezinfeksiya vositalaridan 260 ta namuna olgan.

Valisure tomonidan o‘tkazilgan test natijalari Yel universitetining Kimyoviy va biofizik uskunalar markazi va Boston Analytics xususiy laboratoriyasi tomonidan tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан