Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antitanachalarga test topshirish qanchalik zaruriy?
19.08.2020 14:17,  
359

Bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva aholidan kelgan savollarga javob qaytardi: 

Savol: Ko‘pchilik antitanachalarga tahlil topshirmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri va majburiymi?

Javob: COVID-19 mavjud insonlarning immun tizimi infeksiyaga oqsil ishlab chiqaradi va bemorlar qonida ushbu oqsil virusga hujum qilishi mumkin, demak antitanachalar paydo bo‘ladi.

Qonda antitanachalarning topilishi, hozirgi vaqtda COVID-19 bor yoki yo‘qligini yoki avval mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Aniq tahlil o‘tkazish davolanishga muhtojlarni yoki infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida yakkalash zarur bo‘lgan insonlarni aniqlash imkonini beradi.

Aholi orasida COVID-19 mavjud bo‘lganlarni o‘z vaqtida aniqlay olmaslik (demak yolg‘on manfiy natija), o‘z vaqtida muolaja qilishni kechiktirishi va atrofdagilarga infeksiyani tarqalish xavfini oshirishi mumkin.

COVID-19 mavjud bo‘lmaganda noto‘g‘ri identifikatsiya qilish (yolg‘on musbat natija) keyinchalik behuda test o‘tkazishga, davolanish va insonlar va ularni yaqinlarini izolyasiya qilishga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан