Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AOKA xodimi, taniqli jurnalist koronavirusdan vafot etdi
16.07.2021 19:59,  
575

AOKA mas’ul xodimi, taniqli jurnalist, kamtar inson Javohir Qudratov bugun olamdan o‘tdi. Bu haqda qator manbalar xabar bermoqda.

"U koronavirusdan davolanayotgan edi. Afsuski, kasallik uni oramizdan olib ketdi.

Biz u bilan magistraturada birga o‘qigan edik. "Hazrat" deb chaqirardik. O‘ta xushmuomala, nozik ta’bli yigit edi. Ta’bi nazmi bor edi, do‘stimiz Nosirjon Jo‘rayevning she’rlarini yod olib o‘qib yurardi.

U universitetni bitirib, ma’lum payt Toshkentda ishladi. Keyin Qashqadaryoga ketdi. Bir do‘stimizning to‘yiga Shahrisabzga borganimda Javohir bilan ko‘rishdim. Keyin uni "Hurriyat"ga sharhlar yozib turishga ko‘ndirdim.

Ishonasizmi, bitta sharh yozdi va uni Toshkentga – katta bir idoraga muhim ishga chaqirib olishdi. Talant edi, xalqaro jarayonni o‘zimizga bog‘lab tahlil qilishga usta edi, rahmatli.

Ishongim kelmayapti. Avji ishlaydigan paytda, qirchillama yoshida, o‘z sohasi bo‘yicha katta tajriba to‘plagan bir paytda vafot etdi. Tilla yigit edi, Javohir!", deb yozadi "Oltin voha" kanali.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан